JAZ Battery xalqaro ko’rgazmada namoyish etilmoqda

2024-yilning 25–27-mart kunlari, Rossiya Federatsiyasi poytaxti Moskva shahrida bo’lib o’tayotgan » Аvtonomniye istochniki toka» xalqaro ixtisoslashtirilgan ko’rgazmasida «Jizzax Akkumulyator Zavodi» AJ o’z mahsulotlari bilan qatnashmoqda.

«Аvtonomniye istochniki toka» xalqaro ko’rgazmasi – avtonom tok manbalari texnologik asbob-uskunalari, materiallari va ularni ishlab chiqarish uchun butlovchi qismlar va ushbu sohada faoliyat olib borayotgan jahon ishlab chiqaruvchilari yutuqlarini taqdim etish uchun yillik ixtisoslashtirilgan platformadir. Ko‘rgazma doirasida tematik konferensiyalar o‘tkaziladi.

«Ushbu ko’rgazma biznes jamoalari, ilmiy-muhandislik tuzilmalari vakillari va federal ijro etuvchi hokimiyat organlari o’rtasida o’zaro hamkorlik tajribasi almashish uchun platforma bo’lib xizmat qiladi» – deya ta’kidlaydi tashkilotchilar.