uzavtosanoat

"Jizzax akkumulyator zavodi" AJ

Bugungi kunda O'zbekistonning avtomobilsozlik tarmog'i zamonaviy va tarmoqlararo kooperatsiya hamda katta ulushi bahosiga qo'shilgan yuqori texnologiyali sanoat kompleksidan tashkil topgan. Ushbu sohada ilg'or korxonalardan biri, O'zbekistonda akkumulyator batareyalarining ulkan ishlab chiqaruvchisi bo'lgan “Jizzax Akkumulyator Zavodi” AJ (“JAZ” AJ) hisoblanadi. Zavod yuqori texnologiyali import o'rnini bosuvchi, eksportga-yo'naltirilgan akkumulyatorlar ishlab chiqarishga ega.

Korxonaning asosiy faoliyat turlari akkumulyator batareyalarini ishlab chiqarish va sotish hamda foydalanilgan (ishlatilgan) akkumulyator batareyalari, qo'rg'oshin quymalarini qayta ishlashdan iborat. Korxonaning quvvati 800 mingta akkumulyator batareyalarini ishlab chiqarish va 8 ming tonna qo'rg'oshin quymasini qayta ishlashga mo'ljallangan. Korxona hozirgi vaqtda avtomobillar va qishloq xo'jaligi texnikalari uchun 30 xildan ortiq turdagi akkumulyator batareyalarini ishlab chiqarmoqda.

Hozirgi vaqtda, “GM Uzbekistan” AJ, “SamAvto” MChJ, “JV MAN Auto – Uzbekistan” MChJ QK korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan avtomobillar “JAZ” AJ ning akkumulyator batareyalari bilan jihozlanmoqda. “UK GRUPPA GAZ” MChJ va “AvtoVAZ” OAJ konveyerlariga akkumulyator batareyalarini etkazib berish bo'yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

Kompaniya mahsulotiga ichki va tashqi bozorlarda doimiy mo''tadil extiyoj mavjud. Kompaniya mahsulotining ishlab chiqarish va sotilish hajmlari har yili 10-12 foizga o'smoqda.

2015 yilda korxona, akkumulyator batareyalarini ishlab chiqarish hajmini 558 mingtaga, 2016 yilda esa taxminan, 600 mingtaga etkazishni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, korxona tomonidan, barmoqchali quvvat elementlari, statsionar akkumulyator batareyalari, uzluksiz quvvat manbaalari kabi ilgari O'zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilmagan, yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil qilish bo'yicha bir qator istiqbolli investitsion loyihalarni ishlab chiqish amalga oshirilmoqda.

Ushbu loyihalarni amalga oshirish, respublikamizning iste'mol bozorini sifatli, import o'rnini bosadigan mahsulotlar bilan ta'minlashga, korxonaning eksport qilish imkoniyatini oshirishga, yangi ish o'rinlarini yaratishga hamda ishlab chiqarishga zamonaviy tеxnologiyalarni jalb etish uchun xizmat qiladi.

Xozirgi vaqtda, kompaniya tomonidan “JAZ” AJ ning ishchi-xodimlari bilan hamkorlikda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni diversifikatsiya qilish va kompaniyani yanada rivojlantirishga o'z hissasini qo'shishga tayyor strategik xorijiy hamkor qidirish ishlari aktiv tarzda amalga oshirilmoqda.

 

Manba: uzavtosanoat.uz

Copyright © «Jizzax akkumulyator zavodi» aksiyadorlik jamiyati.
Saytdan olingan ma`lumotlarni chop etilganda veb-saytga havola qilish majburiy. Saytni ishlab chiquvchi: ayuda Ayuda Group.