uzavtosanoat

"Jizzax akkumulyator zavodi" AJ

“Jizzax akkumulyator zavodi” AJ (“JAZ” AJ) O‘zbekistondagi akkumulyator batareyalarining eng yirik ishlab chiqaruvchisidir. Zavodda yuqori texnologiyali import o‘rnini bosuvchi, eksportga yo‘naltirilgan akkumulyatorlar ishlab chiqariladi.

Korxonaning asosiy faoliyatlari akkumulyator batareyalarini ishlab chiqarish va sotishdan, hamda foydalanilgan akkumulyator batareyalarini va qo‘rg‘oshin quymalarini qayta ishlashdan iborat. Korxonaning yillik quvvati 800 ming dona akkumulyator batareyalarini ishlab chiqarish va 8 ming tonna qo‘rg‘oshin quymalarini qayta ishlashdan iborat. Hozirgi vaqtda korxonada 550 nafardan ko‘proq ishchilar faoliyat yuritmoqda.

Hozirgi vaqtda korxona, avtomobillar va qishloq xo‘jaligi texnikalari uchun 30 turdan ortiq akkumulyator batareyalarini ishlab chiqarmoqda.

Kompaniya mahsulotlariga ichki va tashqi bozorlarda doimiy barqaror talab mavjud. Ishlab chiqarish hajmi va mahsulotning sotilishi har yili 10-12%ga oshmoqda. 2015 yilda korxona 558 ming dona akkumulyator batareyalari ishlab chiqarishni, 2016 yilda esa 600 ming dona akkumulyator batareyalari ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Hozirgi vaqtda “GM Uzbekistan” AJ, “SamAvto” MCHJ, “JV MAN Auto-Uzbekistan” MCHJ qo‘shma korxonalarida ishlab chiqarilgan avtomobillar “JAZ” AJ da ishlab chiqarilgan akkumulyator batareyalari bilan jihozlanmoqda. “UK GRUPPA GAZ” MCHJ va “AvtoVAZ” OAJ konveyerlariga akkumulyator batareyalarini yetkazib berish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Hozirgi vaqtda kompaniya tomonidan, kompaniyaning keyingi rivojlanishi va diversifikatsiyasiga o‘zining hissasini qo‘shishga, “JAZ” AJ jamoasi bilan hamkorlik qilishga tayyor xorijiy strategik hamkorlar qidirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Hukumati, kompaniyani rivojlantirish  va xorijiy sarmoyadorlarga qulay shart-sharoitlar yaratish uchun har tomonlama qo‘llab-quvvatlamoqda. Kompaniya tarkibida xorijiy hamkor ishtirok etsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 18 martdagi №UP-4516-sonli farmonida ko‘rsatilgan qo‘shimcha imkoniyatlar davlatimiz tomonidan yaratiladi, kiritilgan investitsiya hajmiga qarab xorijiy investitsiyalar ishtirok etgan korxonalar 3 yildan 7 yilgacha quyidagi to‘lovlardan ozod qilinadi:

- daromad solig‘i;

- yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i;

-ijtimoiy infratuzilmani obodonlashtirish va rivojlantirish solig‘i;

- yagona soliq to‘lovi;

- Respublika yo‘l fondiga majburiy o‘tkazmalar;

- jihozlar, butlovchi buyumlar va materiallar uchun bojxona to‘lovlari.

Bugungi kunda, O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilmayotgan yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkillashtirish bo‘yicha bir qator istiqbolli investitsion loyihalar korxona tomonidan ishlab chiqilmoqda, jumladan;

- Barmoqli chiqillovchi quvvatlash elementlari,

- statsionar akkumulyator batareyalari,

- to‘xtovsiz quvvatlash manbaalari

Ushbu loyihalarni amalga oshirish respublikamizning iste'mol bozorini sifatli, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar bilan ta'minlash, korxonaning eksport salohiyatini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, hamda ishlab chiqarishga zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish imkoniyatini beradi.

 

Manba: uzavtosanoat.uz

Copyright © «Jizzax akkumulyator zavodi» aksiyadorlik jamiyati.
Saytdan olingan ma`lumotlarni chop etilganda veb-saytga havola qilish majburiy. Saytni ishlab chiquvchi: ayuda Ayuda Group.